«Xitoy iyerogliflari»
"Xitoy iyerogliflari" deb nomlangan o'quv qo'llanma Xan Szyantanning "Xitoy iyerogliflari" asari asosida tarjima qilinib to'ldirilgan. Ushbu kitob umumiy qabul qilingan yozuv va ko'p miqdordagi rasmlar yordamida xitoy iyeroglifli yozuvining chuqur va serqirra madaniyati haqida qisqachа tasavvur beradi. Shu tarzda, xitoylik va xorijiy kitobxonlar" iyerogliflar dunyosi" ga qiziqarli va foydali sayohat uyushtirishlari mumkin.
Xitoy iyeroglifi to'rtburchak shaklga ega bo'lgan va ma'noli vazifani bajaradigan yozuv belgisidir. Shuningdek, xitoy yozuvi dunyoda hozirgi kungachа saqlanib qolgan yagona qadimgi yozuv hisoblanadi. "Jonli qazilma yodgorlik" deb nom olgan xitoy iyerogliflari tamaddun tarixida o'ziga xos g'aroyibotdir.
lyeroglifli yozuv rasmlardan rivojlanib, szyaguven, szinven, syaochjuan, kayshu kabi uslublarda mavjud bo'lgan holda tashqi ko'rinishi o'zgarib borgan. Xitoy yozuvi asta-sekin piktografik shakldan belgili shaklga, murakkabdan soddalashtirilgan yozuvga aylangan. Iyerogliflarning soddalashtirilishi-xitoy yozuvi rivojlanishining asosiy yo'nalishidir. Qo'llanmada mazkur jarayonlarni tasdiqlovchi ko'plab illyustratsiyalar taqdim etilgan.
Muallif: S.A. Nasirova, S.A. Xashimova, J.Boybutayev
Nashriyot: «Silk Road Publishing»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 212 bet
ISBN: 978-9943-8111-0-2
O'lchami: 70x100 1/16
Muqova: yumshoq
Mundarija
Kirish
1-mavzu. Tamaddun ibtidosi
2-mavzu. Katta daryo bo'ylarida vujudga kelgan madaniyatlar ideografik yozuvlarining turli taqdirlari
3-mavzu. Ma`noning rasmlar orqali ifodalanishi
4-mavzu. Xitoy iyerogliflarining kelib chiqishi
5-mavzu. lyerogliflarning kelib chiqishini o'rganish
6-mavzu. lyerogliflar shaklining evolyusiyasi (o'zgarishi)
7-mavzu. Rasmlarga o'xshamagan zamonaviy iyerogliflar
8-mavzu. Xitoy iyerogliflari rivojlanishida asosiy yo'nalish
9-mavzu. Xitoy iyerogliflarining tuzilishi
10-mavzu. Zamonaviy iyerogliflarning tuzilishi
11-mavzu. Xitoy iyerogliflarining to'rtburchak shakli sababi
12-mavzu. Zamonaviy iyerogliflarning sir-sinoati
13-mavzu. Xitoy iyerogliflarida piktografik omil
14-mavzu. lyeroglifika va xitoy tili
15-mavzu. lyerogliflarning shevalararo va vaqt bo'yichа (tarixiy) universalligi
16-mavzu. Iyerogliflar qadimgi voqealar hikoyachisi sifatida
17-mavzu. Qadimgi tamaddunga bir nazar
18-mavzu. Iyerogliflarni yozish san’ati
19-mavzu. Kalligrafiyaning mashhur durdonalari
20-mavzu. Iyeroglifli xatning badiiy jihatlari
21-mavzu. Xitoy kalligrafiya muhri san’ati
22-mavzu. Axborotlashtirish asriga qadam
23-mavzu. Xitoy yozuvi uchun axborot asrining ijobiy va salbiy tomonlari
- Stock: Мавжуд
- Код: 5085
- Вазни: 0.49кг
- ISBN: 9789943811102