Menu
Your Cart

«Dunyoni titratgan ikki sarkarda Chingizxon va Amir Temur Ko'ragon» (Harbiy san'ati va istilolari haqida)

«Dunyoni titratgan ikki sarkarda Chingizxon va Amir Temur Ko'ragon» (Harbiy san'ati va istilolari haqida)
йўқ

«Dunyoni titratgan ikki sarkarda Chingizxon va Amir Temur Ko'ragon»
(Harbiy san'ati va istilolari haqida)


Rossiya va ingliz imperiyalari O'rta Osiyo hududini uch yuz yil mobaynida harbiy, ilmiy, demografik va geologik jihatdan o'rganib kelganlar. Savdo, diplomatik aloqalar va jo'g'rofiy ekspeditsiyalar niqobi ostida yagona maqsad, qulay geografik mintaqada joylashgan: oltin, paxta va arzon ish kuchiga boy o'lkani bosib olish bo'lgan. Fikrimizning isboti tariqasida Imperator Bosh shtabi harbiy — ilmiy qo'mitasi a'zosi, knyaz N.S. Golitsinning asar muallifi general-leytenant  M.I.Ivanin haqidagi maqolasini keltirishni joiz deb topdik. Mazkur asar ham bir qarashda buyuk sarkardalar Chingizxon hamda Sohibqiron Amir Temur egallagan harbiy san'atlarni o'rganishga bag'ishlangandek tuyulsa ham, u aslida qanday qilib O'rta Osiyoni bosib olishi mumkin, degan ritorik savolga javob tariqasida yozilgan. Asarda Chingizxon va Amir Temurning harbiy san'ati, ularning harbiy safarlaridan ko'zlangan maqsadlari, jahongirona yurishlari tarixi, davlatchilik siyosatlari harbiy mutaxasis — Chor Rossiyasi generali nuqtayi nazaridan batafsil tahlil qilingan.

Bu kitob dastlab 1994 yilda «Xazina» ilmiy — ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi mablag'i yordamida «Fan» nashriyotida chop etilgan (muharrirlar: Urfon Otajon. Yusuf Muzaffar). Mazkur nashrda muharrirlarning izohlari va Yusuf Muzaffarning so'zboshisi ham bo'lgan. Shundan keyin ham asar bir necha marta chop etildi.


Kitob tariximizning e'lon qilinmagan sahifalari bo'lmish Chingizxon va Amir Temur davrlarini yoritishda nafaqat oddiy kitobxonlar ommasi uchun, balki tarixchilar, harbiy mutaxassislar, siyosatshunoslar, elshunoslar, geograflar uchun ham qimmatli manba bo'la oladi. Unda tasvirlangan voqea va hodisalarning mazmun va mohiyatini yanada chuqurroq tushunish uchun kitob so'ngida keltirilgan izohlarga ko'proq ahamiyat berishingizni so'rab qolamiz.


Tarjimon: Akmal Mahkamov
Nashriyot: «Zamin nashr»
Hajmi: 304 bet
Sana: 2022 yil
Bichimi: 60×84 1/16
ISBN: 978-9943-7681-0-9
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Dunyoni titratgan ikki sarkarda Chingizxon va Amir Temur Ko'ragon» (Harbiy san'ati va istilolari haqida)
32 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 4427
  • Вазни: 0.35кг
  • ISBN: 9789943768109
Сотилган сони: 6
Кўрилган сони: 6554
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.