“Bola – odobi bilan aziz” audio kitobida bolalar odob-axloqi haqida kerakli maʼlumotlar berilgan. Misol uchun, uyda va maktabda oʻzini qanday tutish lozimligi, koʻchada yurish odoblari, ota-onaga, ustozlarga, qarindoshlarga qanday muomala qilish haqida muhim yoʻl-yoʻriqlar ko’rsatilgan. Shuningdek, bu audio kitobdan bolalarning dunyoqarashini kengaytiradigan qiziq mavzular, ibratli hikoyalar ham oʻrin olgan.
Sevikli farzandlarimiz bu audio kitobni tinglab, hayot mohiyatini yaxshiroq anglab yetadilar, odob-axloq qoidalarini oʻrganadilar, insonlarga, atrof-muhitga va hayvonot olamiga yaxshi munosabatda boʻlish naqadar muhimligini bilib oladilar.
Muallif: Ziyovuddin Rahim
Nomi: «Bola – odobi bilan aziz» (CD MP3)
Nashriyot: “SEMURG’ MEDIA” MChJ
Sana: 2019-yil
Hajmi: 533 daqiqa
Asosiy mavzular:
1. Odob nima?
2. Odobli bolaning belgisi
3. Uxlash odoblari
4. Hojatxonaga kirish va undan chiqish odoblari
5. Tana aʼzolarini toza tutish
6. Ovqatlanish odoblari
7. Halol rizq va halol mehnat
8. Kiyim kiyish va yechish odoblari
9. Koʻchada yurish odobi
10. Ota-onaga qanday munosabatda boʻlish kerak?
11. Chiroyli muomala – bola ziynati
12. Doʻst tanlash va ularni hurmat qilish
13. Salomlashish odobi
14. Soʻzlashish va muomala odobi
15. Sir saqlash fazilati
16. Kundalik ishlarni tartibga solish
17. Tejamkorlik fazilati
18. Baxillik oqibati
19. Bolalar televizorni qancha vaqt koʻrishlari mumkin?
20. Ilm olish fazilati
21. Shijoat va jasorat
22. Dangasalikdan uzoq boʻl!
23. Rostgoʻylik fazilati
24. Vaʼdasi ustidan chiqish
25. Sabrli boʻlishni oʻrganing!
26. Kamtarinlik – ziynat
27. Shukr qilish fazilati
28. Havas qilib yashang!
29. Hasaddan uzoq boʻling!
30. Ota-bobolarimiz oʻgitlari