«Hissiyotlarimni boshqaraman» (O‘n uch-o‘n yetti yoshdagilar uchun o‘zini anglash va hissiyotlarni boshqarish yo‘lko‘rsatkichi) (qizlar)
O‘smirlarning aytolmagan gaplari ko‘p bo‘ladi. Ularning jahli ortida ranjish, sukuti ortida yolg‘izlik, «menga baribir» degan so‘zlari ortida esa tushunilishiga bo‘lgan ehtiyoj yashirinishi mumkin. Shunday paytda ularga o‘zini anglashga yordam beradigan samimiy hamroh kerak.
«Hissiyotlarimni boshqaraman» — o‘n uchdan o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarga ana shunday hamroh bo‘la oladigan kitob. U g‘azabni jilovlash, ranjishni janjalsiz ifodalash, xavotirni yengillashtirish va o‘z qadrini anglash yo‘llarini ko‘rsatadi.
Kitobda oiladagi kelishmovchiliklar, do‘stlar bosimi, imtihon oldidan xavotirlanish, ijtimoiy tarmoqlardagi muammolar hayotiy hikoyalar va amaliy mashqlar orqali yoritiladi. Bu bilan yosh o‘quvchi o‘z fikrini hurmat bilan aytishni, shaxsiy chegaralarini himoya qilishni, zarur paytda yordam so‘rashni o‘rganadi.
Mazkur kitob yoshlarga o‘zini yaxshiroq tushunishda, ota-onalar va ustozlarga esa o‘smirlar ko‘ngliga yo‘l topishda yaqin ko‘makdosh bo‘ladi, deb ishonamiz.
Nashrga tayyorlovchi: Ziyovuddin Rahim
Nashriyot: «Matbaachi»
Sana: 2026 yil
ISBN: 978-9910-5257-9-7
Xajmi: 240 bet
O‘lchami: 15x23 sm (60x90 1/16)
Muqovasi: qattiq
- Stock: Сотувда бор
- Код: 7578
- Вазни: 0.38кг
- ISBN: 978-9910-5257-9-7