Kitobingiz asl nusxa ekanligini qanday tekshirish mumkin?
Endi «Hilol Nashr» nashriyotining kitoblarini asl yoki qalbaki nusxa ekanini osongina tekshirish mumkin.
Barcha yangi kitoblarimizda maxsus QR kod joylashtirilgan. Mana shu QR kod orqali kitobning asl yoki qalbaki nusxa ekanini aniqlashingiz mumkin.
QR kod nimaga kerak?
Kitob ustidagi QR kodni skaner qilganingizda avtomatik tarzda «Hilol» ilovasi ochiladi va bu ilovada kitob haqidagi tasdiqlangan ma’lumotlarni ko‘rasiz. Bu orqali kitobning asl nusxa ekanligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Hozirgi kunda bozorda qalbakilashtirilgan nusxalar uchrab turibdi. Nashriyotimiz esa har kitobxon qoʻliga asl nusxadagi kitoblar yetib borishini istaydi. Shu sababli har bir kitobga QR kod joylashtirib chiqdik.
Eslatib oʻtamiz, bu imkoniyat tez orada qo‘shiladi, inshaalloh.
Hozircha ilovamizdan kitob va boshqa mahsulotlarni sotib olishingiz mumkin.