Menu
Your Cart

«Ota izidan»

«Ota izidan»
йўқ

«Ota izidan»
(Qissalar va hikoyalar)

Farzand - otaning izdoshi, farzand - otaning g'ururi, farzand - otaning suyanchi. Bu ko'pchilik biladigan oddiy haqiqat. Odil Yoqubov asari qahramoni boʻlgan Shukurjon ham otasiga shunday sadoqat bilan ulg'aygan ziyoli yigit. U bosmachilar bilan jangda halok boʻlgan otasining diydorini ko'rmagan, otasining bag'rida orom olmagan, otasining erkalashlaridan bahramand bo'lmagan. Bunday go'zal va eng shirin tuyg'ularga qalbi tashna boʻlib voyaga yetgan. Afsuski, ona ko'kragini har tun qoʻmsaydigan go'dak bu mehrdan ham mosuvo boʻlib, ona tomonidan buvisi qoʻlida tarbiya topadi. Buvisi Shukurjonni ota-onasiga mehr tuyg'usi bilan voyaga yetkazadi, unga har oqshom uyqu oldidan otasining qahramonligi haqida go'zal hikoyalar so'zlab beradi. Voyaga yetgan Shukurjon endi otasi ruhini shod qilish, uning pok nomini oqlashni o'zining farzandlik burchi deb biladi, shunga ahd qiladi. Ammo bu yo'lda uning oldida bir qancha to'siqlar paydo boʻladi. Yosh kitobxon do'stim! Keling, asarni birgalikda o'qiylik, Shukurjonga xayrixoh bo'laylik.


Muallif:
Odil Yoqubov
Nashriyot: «Zabarjat Media»
Hajmi: 144 bet
Sana: 2023 yil
Bichimi: 84×108 1/32
ISBN: 978-9943-6869-8-4
Muqovasi: yumshoq

Mundarija
Ota izidan (qissa)
Hikoyalar
Imtihon
Yaxshilik

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Ota izidan»
13 500 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3909
  • Вазни: 0.11кг
  • ISBN: 9789943686984
Сотилган сони: 2
Кўрилган сони: 5671
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.