«Hilol» intellektual klubining 1-mavsumdagi ilk oʻyini boʻlib oʻtdi


Oʻyinda jami 20 ta jamoa: 10 ta erkaklar va 10  ta ayollar jamoalari qatnashishdi.

Yakunda 2 ta erkaklar va 2 ta ayollar jamoalaridan eng koʻp ball toʻplaganlar gʻolib boʻlishdi.

Gʻoliblarga homiylar tomonidan tayyorlangan hadyalar topshirildi. Jami 4 ta jamoa uchun 20 dona «Oltin silsila» — «Sunani Abu Dovud» kitobining 1-juzi hamda 500 000 soʻmlik sovgʻa sertifikati taqdim qilindi.

Shu tariqa gʻolib jamoalar 1-mavsumning finaliga yoʻllanma olishdi. Final 27-avgust sanasida oʻtkazilib, unda «Hadis va hayot» kitobining 7-juzidan savollar beriladi.

Mavsumning ikkinchi oʻyini iyul oyining 30-sanasida boʻlib oʻtadi. Mazkur oʻyinda ham xuddi bugungidek 20 ta jamoa oʻzaro kuch sinashadi. Bu jamoalar «Hadis va hayot» silsilasining 6-juzini oʻqishlari kerak.

Hali roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, marhamat, oʻzingiz bilan 5 ta aʼzo topib, «Hilol» intellektual klubidan roʻyxatdan oʻting. Ilmingizni mustahkamlang, oʻyinda ishtirok eting, gʻolib boʻlib, hadyalarga ega boʻling!

Roʻyxatdan oʻtish


       

       


* Homiylarimiz:
 «Grand ta'lim»«Grand maktabi»«Yangi asr universiteti»«Cambridge LC»