Alloh taolo Qurʼoni karimda «Allohning go‘zal ismlari bor. U Zotga o‘sha (ism)lar ila duo qilinglar!» degan (Aʼrof surasi, 180-oyat).
Allohning go‘zal ismlari va oliy sifatlari haqidagi ilm asl ilmlardan bo‘lib, biz U Zotni o‘sha ismu sifatlar orqali taniymiz.
Aslida Allohning ismlari ko‘p bo‘lib, Qurʼoni karim va sahih hadislarda ularning yuzdan ortig‘i zikr qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan to‘qson to‘qqiztasini “ihso” (bir rivoyatda “hifz”) qilgan kishiga jannat bashoratini berganlar:
«Albatta, Allohning to‘qson to‘qqizta – bir kam yuzta ismi bor bo‘lib, kim ularni “ihso” (“hifz”) qilsa*, jannatga kiradi. Zero, U Zot toqdir, toqni yaxshi ko‘radi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
* Bu hadisni Ibn Hajar Asqaloniy, Badriddin Ayniy, Navaviy, Munoviy, Suyutiy, Qozi Iyoz, Bag‘aviy, Ibn Javziy, Qurtubiy, Ibn Asir Jazariy, Mulla Ali Qori, Ibn Obidin va Xozin kabi jumhur ulamolar shunday sharhlashgan.
Muallif: Abdul Azim Ziyouddin
Nashriyot: “Hilol-Nashr” nashriyot-matbaasi
Sana: 2022 yil
O‘lchami: A2+
Qog‘ozi: qalin qog‘ozli, laminatsiya qilingan, sarlavhasiga zar bosilgan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 02-07.2253-sonli xulosasi asosida nashrga tayyorlandi.
- Stock: йўқ
- Код: 3542
- Вазни: 0.27кг