









«Arab tili»
(Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun)
Farzandingiz arab tilini rangli, qiziqarli va oson oʻrganishini xohlaysizmi?
U holda siz uchun tayyorlangan kitobni kutib oling!
«Grand taʼlim» oʻquv markazi tomonidan bolajonlar uchun maxsus ishlab chiqilgan, 3 qismdan iborat «Arab tili» nomli ajoyib qoʻllanma nashrdan chiqdi!
Bu kitob shunchaki darslik emas, balki kichkintoylar uchun rang-barang sarguzasht, ijodiy mashgʻulotlar, interaktiv oʻyinlar va videodarslar bilan boyitilgan haqiqiy til oʻrgatish maktabidir!
Qoʻllanmada:
- Arab alifbosi, sabzavotlar, ranglar, hafta kunlari, yil fasllari, sonlar, kasblar va boshqa kundalik isteʼmolda ishlatiladigan soʻzlar, ularning oʻzbekcha va ruscha tarjimalari, arabcha oʻqilishi;
- Har bir mavzuni yana ham oson oʻrganish uchun videoli darsliklarga yoʻllanma (QR-kod orqali);
- Bolajonlarning ijodiy va mantiqiy fikrlashlarini boyitish, rivojlantirish uchun har bir betda boʻyagichlar (raskraska), turli mashgʻulotlar, interaktiv oʻyinlar;
- Arabcha yozish koʻnikmasini hosil qilish uchun husnixatlar keltirilgan.
Qoʻllanma nafaqat oʻzbek tilida, balki rus tilida taʼlim olayotgan bolajonlar uchun ham moʻljallangan. Kitobdagi barcha maʼlumotlar oʻzbek va aynan, rus tilida keltirilgan.
Qoʻllanma bolajonlarga atalgani uchun boshidan oxirigacha qiziqarli rasmlar bilan boyitilgan. Nafaqat bolalar, balki kattalar ham kitobni qoʻlga olib zerikib qolishmaydi.
Kitob farzandi bilan mustaqil shugʻullanishni istagan ota-onalarga ham mos keladi. Bu kitobning qadrini yana ham oshiradi.
Endi arab tilini oʻrganish yana ham oson! Hoziroq kitobni xarid qiling!
Ushbu o'quv qo'llanma maktabgacha yoshdagi bolalar, jumladan, bog'cha tarbiyalanuvchilari, «Bilag'on-bolajon» guruhlari hamda farzandi bilan mustaqil shug'ullanuvchi ota-onalar uchun mo'ljallangan.
Qo'llanma «GRAND TA'LIM OLAM» nodavlat ta'lim muassasasining 2023-yil 30-avgustdagi 1-sonli Pedagogik Kengashi tomonidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan.
Tuzuvchi: Sanobar Rasulova
Nashriyot: «Hilol nashr»
Hajmi: 144 bet
Sana: 2025 yil
ISBN: 978-9910-556-16-6
Muqovasi: yumshoq
- Stock: Мавжуд
- Код: 5895
- Вазни: 0.30кг
- ISBN: 9789910556166