«Ajdar o'rgatuvchilar 1» (afsonaning boshlanishi)
Qiziqarli voqealar, noodatiy qahramonlar, samimiy hazillar hamda yoqimli rasmlari bilan Chiyildoqning sarguzashtlari bizning eng sevimli kitoblarimizdan biriga aylandi.
TBK Magazine
Kovellning ajdarlar haqidagi kitoblari haqiqiy zamonaviy klassikadir.
Sunday Express
Mazkur turkum sakkizdan o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozilgan eng buyuk asarlar sirasiga kiradi. Ta’tilingiz yoz oylarida o‘tishini istasangiz, turkumni to‘laligicha mutolaa eting.
The New Statesman
Kovell Harri Potter sarguzashtlari singari juda ham qiziqarli bo‘lgan zamonaviy klassik asarlarni yoza oldi.
The BIG Issue
Bolalar adabiyotidagi eng zavqli asarlardan biri. Beovulf va Potter uyg‘unlashgan, hayratlanarli darajada kulgili, chinakam noodatiy aralashma.
Piter Florens
Samimiy hazillar va kutilmagan qiziqarli voqealarga boy asar.
The Times
Quvnoq qahramonlar orqali yoritilgan ajoyib sarguzashtlar.
Guardian
Kovellning “Ajdar o‘rgatuvchilar” turkumi milliy boyligimizdir.
Amanda Krey, The Times
Turkum zamonaviy klassikaga aylanishiga hech bir shubha yo‘q.
Independent gazetasi
Hayajonli, kulgili voqealar va a’lo darajada chizilgan rasmlar bilan bezatilgan asar.
Daily Express gazetasi
Kressida Kovell yosh mutolaasevarlarning sevimli yozuvchilaridan biridir.
Books for Keeps
Zamonaviy bolalar adabiyotidagi eng buyuk kashfiyotlardan biri.
Juliya Ekklisher, LoveReading4Kids
Kitob o‘qishni yoqtirmaydigan bolani ham o‘ziga rom eta oladigan quvnoq asar.
Spectator
Turkum eng yaxshi bolalar adabiyotiga mos ravishda sadoqat, do‘stlik va mehr singari yuksak axloqiy tushunchalar haqida so‘zlaydi.
Daily Telegraph
Kovellning g‘aroyib tasavvur olami hech qachon o‘z jozibasini yo‘qotmaydi.
Financial Times
Muallif: Kressida Kovell
Nashriyot: «Ёшлар матбуоти»
Sana: 2025-yil
Hajmi: 223 bet
ISBN: 978-9910-8537-4-6
Bichimi: 84х108 1/32
Muqovasi: yumshoq
- Stock: Сотувда бор
- Код: 6844
- Вазни: 0.22кг
- ISBN: 9789910853746