«Internetga in qurgan “o’rgimchaklar”»
Virtual olam keng imkoniyatlar berayotgan hoozirgi davrda, intenet – dunyo “o’rgimchak to’ri”dan qabih maqsadlarda foydalanayotganlarning manfur ishlari oson va tez amalga oshayotgani, qo’poruvchilikni, buzg’unchilikni, axloqsizlikni targ’ib etuvchi saytlar soni ortib borayotgani tashvishli holatdir.
Ushbu kitobda chetdan turib, internet orqali kishilarning sog’lom e’tiqodiga tahdid solayotgan xatarli, buzg’unchi kuchlar, jamiyatda fitna urug’ini sochayotganlar, ijtimoiy tarmoqlarda o’zlarini go’yo do’st qilib ko’rsatayotgan, lekin asl maqsadi g’arazli bo’lgan terrorchilar hamda internetga in qurib olgan kiberterrorchilarning qallobliklari haqida to’xtalib o’tiladi. Shuningdek, kitobda virtual olamda diniy-milliy qadriyatlarimizga raxna soluvchi yoshlarning yashash tarzlarini o’zgartirib, izdan chiqaruvchi agressiv kayfiyatli virtual o’yinlar, behayolik, vaqt isrofi, zamonaviy axborot xurujlarini bayon etishga ham keng oo’rin ajratilgan. Muallif Qur’oni karim, hadisi sharif hamda yetuk ulamolar fikrlariga tayanib, har xil buzg’unchi kuchlarga qarshi asosli raddiyalar beradi.
Muallif: Tulepov Aydarbek
Nomi: «Internetga in qurgan “o’rgimchaklar”»
Nashriyot: «Movarounnahr»
Sana: 2015-yil
O’lchami: 60x84 1/8
Hajmi: 80 bet
ISBN: 978-9943-12-292-5
Muqovasi: yumshoq
- Stock: йўқ
- Код: 1726
- Вазни: 0.32кг
- ISBN: 978994312295