Menu
Your Cart

«Mo‘minning meʼroji» - mufassal namoz kitobi

«Mo‘minning meʼroji» - mufassal namoz kitobi
«Mo‘minning meʼroji» - mufassal namoz kitobi
«Mo‘minning meʼroji» - mufassal namoz kitobi
«Mo‘minning meʼroji» - mufassal namoz kitobi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Mo‘minning meʼroji» - mufassal namoz kitobi deb nomlangan kitoblari
(Lotin alifbosida)

 

MUQADDIMA

Mo‘min bandalari uchun namozni me’roj qilgan Alloh taologa U Zotning O‘ziga munosib hamdu sanolar bo‘lsin!
«Ko‘zimning quvonchi namozda qilindi», deya marhamat etgan Rasuli akram Muhammad Mustafoga salavotu salomlar bo‘lsin!
Haq subhanahu va taologa beadad shukrlar bo‘lsinki, yurtimiz musulmonlari haq dinlarini imkon darajasida mukammal o‘rganishga intilishmoqda. Uzoq vaqt davom etgan tazyiq va ta’qiblardan so‘ng diniy qadriyatlarimiz o‘zimizga qayt­di, Alloh taoloning lutfu inoyati bilan ibodatlarimizni ­komil, to‘kis ado etishga o‘tildi. Bu borada, ayniqsa, ibodatlarning eng ulug‘i sanalgan namoz arkonlarini puxta o‘rganish, ularni shariat talablariga muvofiq to‘kis ado etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Musulmonlarimizga namoz o‘qish tartib-qoidala­rini o‘rgatishda, ayniqsa, kichik hajmli, suratli qo‘llanmalar juda qo‘l keldi. Keyinchalik namoz haqidagi mukammalroq kitoblar chop etishga ham kirishildi. Kamina xodimingiz­ning «Hadis va Hayot» turkumida nashr qilingan kitoblari­ning beshinchi, oltinchi, yettinchi juzlari «Namoz kitobi» deb ­atalib, to‘laligicha shu ulkan ibodatga bag‘ishlangan edi.
Ammo shularga qaramay, namoz o‘qishni o‘rganish, ­uning arkonlari, shartlari va ado etish tartib-qoidalari bilan tanishishga oid kitoblarga bo‘lgan ehtiyoj susaymadi. Bu orada mazhabni tan olmaydigan toifalar chiqib, turli g‘avg‘olarni qo‘zg‘ashganida, hatto mazhabdoshlarimiz­ning ming yillardan buyon o‘qib kelayotgan namozlariga o‘zgartirishlar kiritishni mo‘ljallashganida ularning kirdikor­lariga raddiya sifatida chop etilgan kitoblarning ham foydasi katta bo‘lmoqda. Shunda ayrim azizlarimiz «Namoz haqida savollar ham, har xil bir-biriga qarama-qarshi ma’lumotlar ham ko‘payib ketdi, hammasini tartib­ga solishda qo‘l keladigan, mazhabimiz talablariga javob beradigan bir kitob ta’lif qilinsa», degan takliflar ham ­kiritishdi.
Aziz muxlislarimizning bu takliflarida jon bor edi. Sababi keyingi paytlarda ayrim toifalar Ahli sunna val jamoaga qarshi har tomonlama faoliyatni kuchaytirib yuborishdi. Ular orasidan ibodatlarimizni ham taftish qiladigan «bilimdonlar» chiqib qoldi. Ular musulmonlarimizni chalg‘itish, ular orasiga fitna va tafriqa urug‘larini sepish uchun Internetda turli saytlar ochishdi, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham ish olib borishga kirishishdi.
Ularning asosiy e’tibor qaratgan mavzularidan biri namoz masalasi bo‘ldi. Hatto ish shunga borib yetdiki, Internet tarmog‘ida ularning hanafiy mazhabidagi «xatolar»ga ixtisoslashgan maxsus sayti ham ishlay boshladi. Shuning uchun ham yurtdoshlarimizning bu holatdan tashvishga tushishlari tabiiy edi. Hatto muxlislarimizdan birining yozi­shicha, semiz va sersoqol bir odam videoda hanafiy mazhabinikidan boshqacharoq tahorat qilib ko‘rsatib, «Bundan boshqacha barcha tahoratlar noto‘g‘ri», deb aytgan emish. Mazhabsizlarning saytlaridan birida namozdagi takbiri tahrimada (boshlash takbirida) bosh barmoqlarini quloqlar­ning yumshoq joyiga tekkizish holati hanafiy mazhabi­ning kitoblarida ham yo‘qligini da’vo qilgan so‘zlari e’lon ­qilindi. Ayniqsa, keyingi paytlarda namoz borasidagi bahsli, chalkash va tortishuvli fikrlar ko‘payib ketdi.
Turli yurtlarga ketgan mehnat muhojirlari o‘rtasida ham mazhabimizdagi namoz kitoblari topilmayotgani, boshqa mazhablarning kitoblarini o‘qib, turli tushunmovchiliklar, bahs-tortishuvlar ko‘payayotgani haqida gap-so‘zlar quloq­qa chalina boshladi. Ana shuni e’tiborga olib, xorijiy yurtlarda yurgan vatandoshlarimiz uchun ona tilimizda hanafiy mazhabining namoz o‘qish tartiblari haqida kichikroq suratli kitobcha tayyorlandi va Moskvadagi hamkor nashriyotimiz tomonidan o‘zbek tilida chop qilindi. Bunday kitobga ehtiyoj katta bo‘lgani uchun kitobning birinchi nashri tezda tarqalib ketdi va hozirda ikkinchi nashrga ham harakat qilinmoqda.
O‘z vatanimizdagi musulmonlarimiz orasida ham to‘liq va yengil uslubdagi namoz kitobiga ehtiyoj ortib borayotgani to‘g‘risida bizga ko‘pchilik murojaat qila boshladi. Katta-kichik bilan maslahatlashib, mazhabimizga amal qiluvchilarga yengillik tug‘dirish va turli ixtiloflarga barham berish maqsadida hozirgi davrning talablariga javob beradigan, avvalda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari tuzatilgan, namozni to‘kis ado etishga yordam beradigan mufassal bir kitobni nashrga tayyorlash maqsadga muvofiq, deb topildi. Uni tayyorlashda kamina xodimingizning oldin bu mavzuda yozgan asarlarini jamlab, tartibga solish, kerakli qo‘shimchalar kiritishga kelishildi. Bu ishlarni amalga ­oshirishni hurmatli Ahmadjon hoji akadan iltimos qilindi. Ushbu kitobni tasnif qilishda shayx Ahmad Izzuddin ibn Iyso Bayanuniyning hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlariga oid kitobidan ham bir qadar istifoda qilindi.
«Mo‘minning me’roji» deb nomlangan ushbu kitobni siz, azizlarning, e’tiboringizga taqdim etar ekanmiz, Alloh taolodan uni husni qabul qilishi va barakasini tilab qolamiz hamda uning barchamiz uchun manfaatli bo‘lishidan umidvormiz.
Kamoli ehtirom ila,
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
2013 yil 30 sentabr, Toshkent.


Muallif:
 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nashriyot: «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi
Sana: 2023 yil (2014, 2021)
Hajmi: 232 bet
ISBN: 978-9943-9429-9-8
O‘lchami: 84×108 1/32

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning  03-07/6867-sonli tavsiyasi ila chop etilgan


Kitobda quyidagi masalalarga oid maʼlumotlar o‘rin olgan:
 

Din va shariat nima?

Iymon haqida
Iymon shartlari
Aqida
Ahli sunna val jamoa
Halol va harom
Namoz eng ulug‘ ibodatdir
Namozning boshqa foydalari
Amallarning hukmlari
Namozga poklanish
Tahorat uchun suvlar
Quduq suvlarining hukmi
Terilarning hukmi
Qoldiqlar va sarqitlarning hukmi
Najosat
Qazoi hojat va istinjo odoblari
Tahorat
G‘usl
Tayammum
Mahsiga mash tortish
Hayz va nifos
Istihoza qoni
Uzrli kishining hukmi
Misvok
Namozdagi holatlar
Namozning turlari
Namoz vaqtlari
Namoz rakatlari
Azon va iqomat
Namoz qanday o‘qiladi?
Ikki rakatli farz namozini o‘qish tartibi
To‘rt rakatli farz namozni o‘qish tartibi
Uch rakatli namozni o‘qish tartibi
To‘rt rakatli sunnatnamozlarini o‘qish tartibi
Namozdagi farz amallar
Namozning vojiblari
Namozning sunnatlari
Namozning mustahablari
Namozdagi harom amallar
Namozning mubohlari (ruxsat etilgan amallari)
Namozni buzuvchi amallar
Namozdagi makruh amallar
Makruh bo‘lmagan amallar
Namozning odoblari
Namozda o‘qiladigan kichik sura va duolar
Sano
Tashahhud (at‑tahiyat)
Salavotlar
Qunut duosi
Namozdan so‘ng o‘qiladigan duolar
Jamoat namozi
Namozdagi saflar tartibi
Imomlikka kimlar layoqatli?
Qibla
Qazo namozlarini ado etish
Turli namozlar
Farz namozlariga qo‘shib o‘qiladigan sunnat namozlari
Vitr namozi
Taroveh namozi
Musofirning namozi
Juma namozi
Janoza namozi
Ikki iyd (hayit) namozlari
Ramazon hayiti namozi
Qurbon hayiti namozi
Bemor kishining namozi
Xavf namozi
Quyosh va oy tutilgandagi namozlar
Istisqo namozi
Nafl namozlar
Nafl namozlarini o‘qish tartibi
Markabda namoz o‘qish
E’tikof o‘tirish
Sajdai sahv
Tilovat sajdasi
Sutra
Masjid odoblari
Salla
Olti diniy kalima
Qirq farz
Ibratli namozlar
Ulug‘lar namoz haqida

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Mo‘minning meʼroji» - mufassal namoz kitobi
27 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 1359
  • Вазни: 0.21кг
  • ISBN: 9789943942998
Сотилган сони: 862
Кўрилган сони: 99380
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.