Menu
Your Cart

«Mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirish xizmatlari»

«Mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirish xizmatlari»
«Mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirish xizmatlari»
Янги
«Mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirish xizmatlari»
«Mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirish xizmatlari»

«Mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirish xizmatlari»


Kitobda mikromoliya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan murobaha, salam, ijara, mushoraka, muzoraba mahsulotlarini nasiya savdo, lizing, sherikchilik me’yorlari asosida tatbiq etish yo‘llari bayon etilgan. Bundan tashqari, monetizatsiya (tavarruq), garov, qarz va vakillik kabi mavzular ham yoritilgan. Har bir mavzuni o‘zlashtirishni mustahkamlash uchun testlar berilgan va adabiyotlar ro‘yxatlari keltirilgan. Kitob soha mutaxassislari va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Muallif: Dilshod Sultanov
Nashriyot: «Akademnashr» nashriyoti
Sana: 2026 yil 
Hajmi: 320 bet
ISBN: 978-9910-685-95-8
O‘lchami: 60x84 1/16
Muqovasi: qattiq

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 14-avgustdagi 02-07/5016-sonli xulosasi asosida nashrga tayyorlandi.


KIRISH SO‘ZI


2016-yilda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning yangi prezidenti etib saylangandan so‘ng mamlakat hayotining barcha jabhalarida, jumladan, moliya sohasida katta islohotlar amalga oshirila boshlandi. 2020-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi”, deya ta’kidlab o‘tdi.

Mamlakatimizda islom moliyasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida an’anaviy mikromoliya xizmatlari bilan birgalikda islomiy mikromoliya xizmatlarini ham tartibga solishni nazarda tutuvchi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning 4-moddasiga ko‘ra, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deganda islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan tartibda ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar tushuniladi.

Mazkur qonun ijrosini ta’minlash uchun “Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 26-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3536) qabul qilindi. Ushbu Nizomda mikromoliya tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan bir qator islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishning asosiy qoidalari belgilab qo‘yildi. Xususan, nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha), oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish (salam), foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba), foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka) kabi xizmat turlarini amalga oshirish tartiblari belgilandi.

Nizomda keltirilgan mazkur qoidalar islomiy moliyalashtirish xizmatlari sohasida standartlarni belgilovchi xalqaro tashkilot – Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya va audit tashkiloti (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions – AAOIFI) qoidalari asosida ishlab chiqilganini ko‘rish mumkin.

Islomiy mikromoliya xizmatlari mamlakatimizda soha uchun yangi xizmat turlari hisoblanadi, shu sababli ko‘plab mikromoliya tashkilotlari xodimlari, sohadagi ilmiy izlanuvchilar va boshqa qiziquvchi shaxslarda mazkur xizmatlarning mohiyati, ularni ko‘rsatish qoidalarini o‘rganishga katta talab shakllanganini qayd etish mumkin.

Ushbu talabni inobatga olgan holda O‘zbekiston qonunchiligi me’yorlari va xalqaro standartlar doirasida mikromoliya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni qamrab oluvchi ushbu qo‘llanma tayyorlandi. Umid qilamizki, qo‘llanma barcha o‘quvchilarda islomiy mikromoliya xizmatlari borasidagi umumiy tushunchalar to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qiladi.

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirish xizmatlari»
110 000 сўм
  • Stock: Сотувда бор
  • Код: 6888
  • Вазни: 0.44кг
  • ISBN: 9789910685958
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 73