Menu
Your Cart

«Vaqt qotillari» (Umrni o‘g‘irlovchi zamonaviy illatlar)

«Vaqt qotillari» (Umrni o‘g‘irlovchi zamonaviy illatlar)
Янги

«Vaqt qotillari» (Umrni o‘g‘irlovchi zamonaviy illatlar)

Siz bugun yana eng bebaho boyligingizni o‘g‘irlatdingiz. Eng yomoni, buni tabassum bilan, o‘z xohishingiz bilan amalga oshirdingiz...Kun bo‘yi tinmaysiz, yelib-yugurasiz, lekin kechqurun yotoqqa bosh qo‘yganingizda ichingizni tushuntirib bo‘lmaydigan og‘ir bo‘shliq, charchoq va mahzunlik egallaydi. Nega? Nega eng buyuk orzularimiz doimo «ertaga» surilib, oltin vaqtimiz begonalarning muam-molari-yu virtual olamning arzon shovqinlariga sarf bo‘lmoqda?Qo‘lingizdagi ushbu kitob siyqasi chiqqan va zerikarli «taym-menejment» qoidalari yoki quruq jadvallar to‘plami emas. «Vaqt qotillari» bu sizni g‘aflat uyqusidan uyg‘otuvchi, vijdoningizni larzaga soluvchi va umringizga tutilgan shafqatsiz psixologik ko‘zgudir.Siz umringiz qum soatdek behuda oqib, boshqalarning hayotida shunchaki maqsadsiz «tomoshabin» bo‘lib o‘tishga rozimisiz? Yoki soxta bandlik illyuziyasidan qutulib, muqaddas diqqatingizni asrab, hayotingizning haqiqiy egasiga aylanishni istaysizmi?
Tanlov o‘z qo‘lingizda. Sahifani oching o‘g‘irlangan umringizni qaytarib olish vaqti keldi!

Nashrga tayyorlovchi: Ziyovuddin Rahim
Nashriyot: «Matbaachi» nashriyoti
Sana: 2026 yil
ISBN: 978-9910-5257-2-8
Xajmi: 416 bet
O‘lchami: 15x23 sm (60x90 1/16)
Muqovasi: qattiq


O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2026 yil 02 martdagi № 03-07/1587-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Vaqt qotillari» (Umrni o‘g‘irlovchi zamonaviy illatlar)
44 000 сўм
  • Stock: Сотувда бор
  • Код: 7265
  • Вазни: 0.40кг
  • ISBN: 978-9910-5043-6-5
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 46