



"Qur’oni Karim oyatlari mazmun-ma’nosining o‘zbekcha izohli tarjimasi"
SO‘ZBOSHI
Qur’oni karimni Alloh taolo shak-shubha nojoiz bo‘lgan ushbu kitob taqvodorlar uchun dasturulamaldir (Baqara surasi, 2-oyat) deb atagan. Ulamolar ta’rifida u tilovati, qiroati ibodat hisoblanuvchi kitobdir [MS, UT].[1] Muhammad a.s. qirq yoshga yetganlarida Qur’oni karim vahiy qilina boshlaydi. U yigirma uch yil mobaynida sura va oyat shaklida tushirilgan. Ba’zi oyat arab alifbosidagi birgina harfdan iborat bo‘lsa ayrimi bir so‘z, bitta birikma yoki bir va undan ortiq gapdan iborat. Eng katta oyat bir sahifani tashkil etadi (Baqara surasining 282-oyati). Qur’oni karimda jami 6236 ta oyat mavjud. Shundan 4780 tasi Makkada, 1456 tasi Madinada tushgan [AbM, 613-bet]. Bu oyatlar 114 suraga birlashtirilgan. Suralar ham hajman bir xil emas. Eng kichik surada 3, eng katta surada 286 oyat bor. Suralarning barchasi nomlangan. Ba’zi suraning nomi uning boshidagi so‘zdan olingan bo‘lsa ayrimi unda bayon qilingan voqea-hodisa bilan bog‘liq. To‘rtta surani nomlashda esa arab alifbosi harflaridan foydalanilgan: Toha, Yosin, Sod, Qof. Bularning asl ma’nosi yolg‘iz Allohga ayon. Ular Qur’oni karimning o‘zida mutashabih deb ataladi (Oli Imron surasi, 7-oyat). Ayrim suraning nomi ikki va undan ortiq.
Tarjimonlar: Azizxo‘ja Inoyatov, G‘ani Zikrillayev
Nashriyot: "Hilol-Nashr" nashriyot-matbaasi
Sana: 2024-yil
Hajmi: 688 bet
ISBN: 978-9910-719-16-5
O‘lchami: 84×108 1/16
Muqovasi: qattiq
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 03-07/6260-sonli tavsiyasi ila chop etilgan.
Mundarij
Fotiha (Birinchi sura)
Baqara (Sigir)
Oli Imron (Imron oilasi)
Niso (Xotin-qizlar)
Moida (Ziyofat)
An’om (Chorva)
A’rof (Arasot)
Anfol (O‘lja)
Tavba
Yunus
Hud
Yusuf
Ra’d (Momaqaldiroq)
Ibrohim
Hijr
Nahl (Asalari)
Isro (Tungi sayr)
Kahf (G‘or)
Maryam
Toha
Anbiyo (Payg‘ambarlar)
Haj
Mu’minun (Mo‘minlar)
Nur
Furqon
Shuaro (Shoirlar)
Naml (Chumoli)
Qasas (Qissa)
Ankabut (O‘rgimchak)
Rum
Luqmon
Sajda
Ahzob (Firqalar)
Saba’
Fotir (Xoliq)
Yosin
Saffot (Saf tortib turuvchilar)
Sod
Zumar (Guruhlar)
G‘ofir (Kechiruvchi)
Fussilat (Tafsilot)
Sho‘ro (Kengash)
Zuxruf (Ziynat)
Duxon (Tutun)
Josiya (Tiz cho‘kuvchilar)
Ahqof (Qumtepalik)
Muhammad
Fath (Zafar)
Hujurot (Hujralar)
Qof
Zoriyot (To‘zg‘ituvchi)
Tur (Tog‘)
Najm (Yulduz)
Qamar (Oy)
Rahmon (Mehribon zot)
Voqea (Qiyomat)
Hadid (Temir)
Mujodala (Munozara)
Hashr (Badarg‘a)
Mumtahana (Imtihon)
Saf
Jum’a
Munofiqun (Munofiqlar)
Tag‘obun (Jazo va mukofot)
Taloq
Tahrim (Taqiq)
Mulk (Hukmronlik)
Qalam
Haqqo (Haqiqat soati)
Maorij (Osmon qavatlari)
Nuh
Jin
Muzzammil (O‘ralib yotuvchi)
Muddassir (Burkanib oluvchi)
Qiyomat
Inson
Mursalot (Yuborilganlar)
Naba’ (Xabar)
Noziot (Qiynab jon oluvchilar)
Abasa (Ho‘mrayish)
Takvir (Nursizlanish)
Infitor (Yorilish)
Mutaffifun (Urib qoluvchilar)
Inshiqoq (Parchalanish)
Buruj (Burjlar)
Toriq (Yulduz)
A’lo (Oliy zot)
G‘oshiya (Qamrovchi)
Fajr (Tong)
Balad (Shahar)
Shams (Quyosh)
Layl (Tun)
Zuho (Choshgoh)
Sharh (Keng ochish)
Tin (Anjir)
Alaq (Laxta qon)
Qadr (Qadr kechasi)
Bayyina (Aniq hujjat)
Zalzala (Zilzila)
Odiyot (Tulporlar)
Qoria (Larza)
Takosur (Molparast)
Asr
Humaza (G‘iybatchi)
Fil
Quraysh
Mo’un (Ro‘zg‘or buyumlari)
Kavsar (Jannatdagi hovuz)
Kafirun (Kofirlar)
Nasr (Madad)
Masad (Arqon)
Ixlos
Falaq (Subhidam)
Nas (Insoniyat)
Ilova
So‘zboshi
Qisqartma so‘zlar
Ramziy belgilar
Muqaddima: Ruh va til
1-FASL. QUR’ONI KARIMDA RUH VA TIL TALQINI
1.1. Ruhning mohiyati va ma’nolari
1.2. Ruh so‘zining ma’nodoshlari
1.3. Ruhiy faoliyat va uning tarkibiy qismlari
1.4. Til ruhiy-ijtimoiy xilqat
2-FASL. OVRUPO TILSHUNOSLIGIDA RUH VA TIL TALQINI
2.1. Tillarning paydo bo‘lishi
2.2. Til bilan tafakkur munosabati
2.3. Til ruhiy quvvat mahsuli va yaxlit tizim
2.4. Ruhiy quvvat va sintez
2.5. Qat’iy izchillik, o‘ta soddalik va yuksak uyg‘unlik
3-FASL. ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA RUH VA TIL MUNOSABATI
3.1. Ateistik dunyoqarash va milliy ruh
3.2. Sho‘ro saltanati va milliy tillarga munosabat
3.3. Istiqlol va o‘zbek adabiy tili islohoti
3.4. O‘zbek adabiy tili qurilishining bosh xususiyati
4-FASL. ARAB TILI QURILISHI BOSH XUSUSIYATINING QUR’ONI KARIM
TARJIMASIDA IFODA ETILISHI
4.1. Tajvid
4.2. Imlo
4.3. So‘z ma’nosi
4.4. So‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligi
4.5. So‘z va gap munosabati
4.6. Gap va matn munosabati
4.7. Tinish ishoralari va tejamkorlik
4.8. Xotima
Foydalanilgan manba va adabiyot ro‘yxati
- Stock: Мавжуд
- Код: 5674
- Вазни: 1.39кг
- ISBN: 9789943754751