Menu
Your Cart

«Amir Temur silsilasi»

«Amir Temur silsilasi»
йўқ

«Amir Temur silsilasi»

Romanda XV asrning ikkinchi yarmi, Shohrux va Ulug'bek Mirzolar vafotidan so'ng Movarounnahr va Xurosonda podshohlik qilgan Temuriyzodalar, ularning toj-u taxt yo'lidagi o'zaro kurashlari, qismati mavzu qilib olingan. Tarixiy manbalar asosida davrning o'ta chigal manzarasi, parokandalik avji, qattollik sababiyati yoritiladi. 1447-yildan to 1507-yilga qadar kechgan voqea-hodisalarda Gavharshod Begim, Ulug'bek, Alouddavla, Ibrohim, Abulqosim Bobur, Shoh Mahmud, Abdullatif, Abdullo, Abu Sa'id, Husayn Boyqaro, Sulton Muhammad, Yodgor Muhammad, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Umarshayx, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boysung'ur, Sulton Ali Mirzolar ishtiroki, tutgan o'rni tadqiq va tasvir doirasiga kiritilgan. Nufuzli va ayni vaqtda, makkor malikalar Xadichа va Zuhra Begimlar qiyofasiga chizgilar bitilgan.

Temuriy Mirzolarning murosadan yiroq, muttasil yovlashuvi tashqi tajovuz va bosqinlarga yo'l ochganligi, natijada buyuk Amir Temur asos solgan ulkan saltanatning yemirilishi va intihosiga bois boʻlganligi teran talqin etilgan. Mazkur«Temuriylar silsilasi» romani «Amir Temur sulolasi» kitobining mantiqiy davomi bo'lib, el-u yurtimiz kechmishi ixlosmandlariga mo'ljallangan.

Muallif:
 Poyon Ravshanov
Nashriyot: «Yoshlar matbuoti»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 656 bet
O‘lchami: 84x108/32
ISBN: 978-9943-20-246-7
Muqovasi: qattiq

Mundarija

Muqaddima

Tarixni o'zgartirgan malika
Taxt g'urbat
Qattol toj. Zahrolud may
Bolakay shoh qismati
Taxt yo taxta! Zavol

Padarkush va intiqom

Saratonda bo'ron

Sulton abu Sa'id Mirzo
Husayn Boyqaro Mirzo
Boshboshdoqlik o'pqoni yoxud sulola intihosi

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Amir Temur silsilasi»
49 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 1131
  • Вазни: 0.62кг
  • ISBN: 9789943202467
Сотилган сони: 2
Кўрилган сони: 1552
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.