«Microsoft Excel»
Amaliy qo'llanma
Qo'llanma Microsoft Office dasturlari majmuyiga kiritilgan Microsoft Excel dasturida ishlashni o'rganuvchilarda bilim va ko'nikma hosil qilish uchun tayyorlangan. Qo'llanmada Microsoft Excel dasturining turli naqllari tahlil etilib, ularning umumiy tomonlari va farqlari qiyoslama, misol va namunalar yordamida ochib berilgan. Qo'llanma turli xil yo'llanma va ko'rsatmalarga boy bo'lib, ularda MS Excel bilan ishlashga doir turli yondashishlar va usullarning mohiyati ochib berishga harakat qilingan. Nazariy ma'lumotlar, yo'llanma va ko'rsatmalardan tashqari foydalanuvchi e'tiboriga takrorlash va mustaqil ishlash uchun ko'p sonli mashqlar havola etilgan. Ma'lumotlar va mashqlar «oddiydan murakkabga» qarab mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan. Qo'llanma Microsoft Excel dasturini o'rganayotganlar uchun yozilgan bo'lsa-da, Microsoft Excel dasturida ishlashda yetarli bilim va malakaga ega bo'lgan foydalanuvchilar uchun ma'lumotnoma sifatida ham qabul qilinishi mumkin.
Mualliflar: B.J.Boltayev, A.R.Azamatov, A.A.Xundabayev, Sh.A.Xundibayev, B.S.Xurramov, G.A.Ishanxodjayeva, S.I.Rahmonqulova, U.X.Mingboyev, L.S.Qo'ldoshev
Nashriyot: «Akademnashr»
Hajmi: 220 bet
Sana: 2021-yil
O'lchami: 84X108 1/16
ISBN: 978-9943-6501-5-2
Muqovasi: yumshoq
Mundarija:
Microsoft Excel dasturi bilan tanishuv
MS Excelda kataklar ustida amallar
MS Excelda amallar va formulalar
MS Excelning matematik va statistik funksiyalari
MS Excelda diagrammalar ,tartiblash va filtrlash
- Stock: йўқ
- Код: 2752
- Вазни: 0.48кг
- ISBN: 9789943650152