«Hilol Nashr» nashriyotining doʻkonlari yana bittaga koʻpaydi!
Alloh taologa hamdu sanolarimiz boʻlsin, bugun nashriyotimizning yana bir rasmiy filiali ish faoliyatini boshladi!
Eʼtiborlisi shuki, ushbu yangi doʻkonimiz Toshkent shahridagi «Abu Saxiy» bozorida yangi ochilgan «Abu Saxiy» jomeʼ masjidi bilan qoʻshni boʻldi.
Ismoil Muhammad Sodiq, Muhammad Ayyub domla Homidov, Mansur Aliy ustozlar tashrif buyurib, do'konni ochib berdilar.
Alloh taolodan boshqa doʻkonlar qatori ushbu yangi filialimizni ham xalqimizga xizmat qiladigan, ularning maʼrifatini, kitobxonligini oshirishiga sabab boʻladigan maskanlardan qilsin! Yangi kutubxona barchamizga muborak boʻlsin!
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, «Abu Saxiy» bozori
Moʻljal: «Abu Saxiy» masjidi
Telefon: +998990282927
Ish vaqti: 10.00 – 18.00 (tushlik vaqtisiz)
Dam olish kuni: Dushanba
Manzil (xarita)
Изоҳ қолдириш