Shayx hazratlarining 14 ta kitoblari 10 martadan oshiq nashr qilingan!
Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nafaqat vatanimiz, balki qardosh xalqlarimiz uchun ham qoldirib ketgan ilmiy meroslarining oʻrni beqiyos. Hazratning kitoblari kirib bormagan uy, ular haqida bilmagan oʻzbekzabon kitobxonlar yoʻq desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Maʼlumki, hazratning kitoblari xalqimiz tomonindan sevib mutolaa qilinadi. Ular orasida baʼzilari bor, talab yuqoriligi, yoritilgan mavzular dolzarbligi va boshqa sabablardan kelib chiqib qayta-qayta nashr boʻlib, kitobxonlarimizga taqdim qilinib kelmoqda.
Kitoblar orasida shayx hazratlarining 14 xil asarlari ilk bor chop qilinganidan boshlab to bugungacha 10 va undan ziyod marta qayta nashr qilingan! Ular qaysi asarlar ekaniga qiziqyapsizmi? Quyida keltirib oʻtamiz:
1. «Baxtiyor oila» (kirill, lotin): 35 marta;
2. «Moʻminning meʼroji» — mufassal namoz kitobi (kirill, lotin): 25 marta;
3. «Iymon»: 19 marta («Hilol Nashr»):
4. «Tafsiri Hilol» (6 jild): 18 marta;
5. «Ruhiy tarbiya» (3 jild): 12 marta;
6. «Ijtimoiy odoblar»: 12 marta;
7. «Moʻminning qalqoni» — mufassal roʻza kitobi: 11 marta;
8. «Moʻminning umr safari» — mufassal haj kitobi: 11 marta;
9. «Qurʼoni Karim va oʻzbek tilidagi maʼnolari tarjimasi» (kirill, lotin): 16 marta;
10. «Kifoya» (3 jild): 10 marta;
11. «Sunniy aqiydalar»: 12 marta;
12. «Amallar niyatga bogʻliqdir»: 10 marta;
13. «Hadis va hayot» 1-juz: 11 marta;
14. «Hadis va hayot» 19-juz: 11 marta.
Sizda ushbu kitoblarni mutolaa qilganmisiz? Yoʻq boʻlsa, roʻyxatdagi kitoblarning barchasi hozirda nashriyotimizning 19 ta doʻkonida va onlayn sahifamizda sotuvda bor. Ularni xarid qilib, hazratimizning ilmiy meroslaridan, aqiyda, fiqh, siyrat, Qurʼon, hadis, namoz, roʻza, zakot, haj va boshqa dinimizning asosi boʻlgan ilmlardan bahramand boʻling!
Alloh taolo barchamizga shayx hazratlarinig asarlaridan manfaatlar olib, uni hayotimizga tatbiq qilishimizni nasib qilsin!
Изоҳ қолдириш