Menu
Your Cart

«Erkinlikning kelajagi»

«Erkinlikning kelajagi»
«Erkinlikning kelajagi»
«Erkinlikning kelajagi»
«Erkinlikning kelajagi»
«Erkinlikning kelajagi»
«Erkinlikning kelajagi»
«Erkinlikning kelajagi»
«Erkinlikning kelajagi»

«Erkinlikning kelajagi» 

Farid Zakariya mazkur kitobida demokratiya va erkinlik bir xil narsa emasligini tushuntirib, ayrim hollarda demokratiya erkin-likni cheklab qo'yishi mumkinligini ko'rsatadi. U tarixiy misollar orqali haqiqiy erkinlik avval qonun ustuvorligi, kuchli institutlar va fuqarolik ongining rivojlanishi orqali shakllanishini tushuntiradi. Zakariyaga ko'ra. faqat saylovlar o'tkazilishi jamiyatda erkinlikni kafolatlamaydi, chunki demokratik saylovlar natijasida ham avtoritar kuchlar hokimiyatga kelishi mumkin. Shuning uchun u "liberal demokratiya" tushunchasiga e'tibor qaratib, erkinlik va demokratiya uyg'un ravishda mavjud bo'lishi kerakligini ta'kidlaydi. Muallif G'arb va Sharq mamlakatlarining tajribasini tahlil qilib, ularning demokratik yo'llari va rivojlanishidagi farqlarni ko'rsatadi. U demokratik tizimlar barqaror bo'lishi uchun iqtisodiy mustahkamlik. qonun ustuvorligi va madaniy qadriyatlarning rivojlangan bo'lishi muhimligini aytadi. Zakariya shoshmashosharlik bilan joriy etilgan demokratiya ba'zan jamiyatni yana avtoritarizm tomon qaytarib yuborishini ogohlantiradi. U ongli fuqarolar. mustaqil sud tizimi va erkin ommaviy axborot vositalari demokratiyaning poydevori ekanligini alohida ta'kidlaydi. Umuman olganda, bu asar demokratiyaning haqiqiy ma'nosini tushunishga yordam berib, adolatli va erkin jamiyat barpo etish uchun chuqur fikrlashga undaydı.

Muallif:  Farid Zakariya
Tarjimon: Nilufar Omonullayeva
Nashriyot: « TRUST AND SUPPORT»
Sana: 2025 yil
Hajmi: 388 bet
Bichimi: 84x108 1/32
O‘lchami: 13.6x21.3
ISBN: 978-9910-8767-7-6               
Muqovasi: qattiq

MUNDARIJA

KIRISH
Demokratik davr
Demokratiya va erkinlik
Amerika modeli
Erkinlik va cheklov
1-BOB
Inson erkinligining qisqacha tarixi
Eski va yangi erkinlik
Katoliklik paradoksi
Erkinlik geografiyasi
Lordlar va qirollar
Rim va islohot
Ma'rifatli davlat
Kapitalizmning oqibatlari
Anglo-Amerika
Madaniyat - bu taqdirmi?
Sharqiy Osiyo modeli
2-BOB
Egri yo'l
Nega Germaniya Angliya bo'la olmadi?
Deyarli demokratik
Millatlarning boyligi
Resurs qarg'ishi
Davlatni madh etib
Keyingi to'lqin
Siz mashinani to'xtata olmaysiz
3-BOB
Noliberal demokratiya
Noto'g'ri yo'l
Demokratiya muammolari
Ko'pchilik zolimligi
Urush
Nima qilish kerak?
4-BOB
Islom istisnosi
Islomning keng dunyosi
Arab dunyoqarashi
Siyosatning muvaffaqiyatsizlig
Iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatsizlik
G'arblashishdan qo'rqish
Dinning yuksalishi
Islomiy islohot
Demokratiya sari yo'l
Muhtasham mexanizm
5-BOB
Yaxshilikning haddan oshishi
Bilvosita demokratiya
O'tmishda qotib qolgan
Fraksiyalar balosi
Partiyalar tanazzuli
Pul mashinasi
To'g'ridan-to'g'ri demokratiya
Kaliforniya orzusi
6-BOB
Avtoritetning o'limi
Menga pulni ko'rsat
Puldan yuksak
Mening cherkovim - sening cherkoving
Eng yaxshi ma'lum bo'lgan va o'ylab topilgan narsa
Amerika aristokratiyasi
Kuzatuvchilardan itoatkorlarga
Elitalarning o'z joniga qasd qilishi
XULOSA
Yechim yo'li
Demokratiyani topshirish
Legitimlik muammosi
Kamroq ko'proqdir
Eng yuqori xavflar
Oldinga va pastga
Oxirgi so'z
Minnatdorchiliklar
Muallif haqida

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Erkinlikning kelajagi»
72 000 сўм
  • Stock: Сотувда бор
  • Код: 6134
  • Вазни: 0.42кг
  • ISBN: 9789910876776
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 654