«Ilinj: qissa va hikoya»
(Maktabdan tashqari o'qish. 5-9-sinf uchun)
Pirimqul Qodirov asarlari o‘z davrida minglab-millionlab kitobxonlar qalbini larzaga solgan. Taajjubki, adib ijodini bugungi kun o‘quvchisi ham qalbida hayajonsiz, ko‘zda yoshsiz o‘qiy olmaydi. Nega? Nega o‘zini adabiyotga oshno deb bilgan kitobxon Pirimqul Qodirov ijodini chetlab o‘tolmaydi? Undan o‘ziga qanday ma’naviy ozuqa oladi? Sababi - oddiy. Adib asarlarida har bir kitobxon o‘zini ko'radi, o‘zini taniydi, o‘zi bilan yuzma-yuz keladi.
«Maktabdan tashqari o‘qish» ruknida tayyorlangan ushbu mo‘jazgina kitobchadan o‘rin olgan hikoya va qissani aziz o'quvchilarimiz uchun saralab-saralab tanladik. «Ilinj» nomi bilan taqdim etilayotgan kitobimiz o'quvchini eng avvalo fikrlashga o‘rgatadi. Yomondan yaxshi fazilatlarni, nochor holatda ham baxtni his qilish mumkinligini, atrofidagi odamlarning fel-atvori-yu, a’moliga qarab ularning boshiga tushgan ko‘rgiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, hayot yo'lini tanlashni o'rgatadi.
Muallif: Pirimqul Qodirov
Nomi: «Ilinj: qissa va hikoya»
Nashriyot: «Yangi asr avlodi» nashriyoti
Hajmi: 144 bet
Sana: 2017 yil
ISBN: 978-9943-27-998-8
O'lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: Yumshoq
- Stock: йўқ
- Код: 0886
- Вазни: 0.10кг
- ISBN: 9789943279988