«Alibobo va qirq qaroqchi»
(Maktabdan tashqari o'qish. 5-9-sinf uchun)
Arab xalq ertaklari turli millatlar tomonidan ardoqlab, sevib o‘qiladi. Ularda insoniylik, kamtarlik, sof sevgi, halollik kabi umumbashariy qadriyatlar jozibali tasvirlanadi. Qo‘lingizdagi kitobda arab xalq ertaklari turkumiga kiruvchi beshta hikoya o‘rin olgan bo‘lib, ular o‘quvchini bevosita arab xalqlari hayoti bilan yaqindan tanishtiradi. Ertaklarda tasvirlangan voqealarning hech biri o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Xususan, “Alibobo va qirq qaroqchi” ertagi qahramoni Alibobodagi rostgo‘ylik, halollik, Marjonadagi ziyraklik, uddaburonlik har qanday kishini mushohadaga undashi, shubhasiz.
“Bo‘zchi munajjim” ertagidagi voqealar esa kitobxonga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Asli kasbi bo‘zchi bo‘lgan Usfur laqabli kishining harakatlari o‘quvchida kulgi uyg‘otadi.
Arab xalq ertaklari yosh kitobxonlarni ezgulik va yaxshilikka undashi barobarida ularga hayotning turli to‘siqlaridan yengilmay, mardona o‘tish kerakligini o‘rgatadi. Garchi ertaklar o‘zga millatlar hayotidan hikoya qilsa-da, ularni o‘qigan o‘quvchi adabiyot millat tanlamasligiga yana bir bor amin boladi.
Nomi: «Alibobo va qirq qaroqchi»
Nashriyot: «Yangi asr avlodi» nashriyoti
Hajmi: 144 bet
Sana: 2017 yil
ISBN: 978-9943-20-329-7
O'lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: Yumshoq
- Stock: йўқ
- Код: 1957
- Вазни: 0.20кг
- ISBN: 9789943203297