йўқ
«O`tmishdan ertaklar»
To`plamning ikkinchi qismi bo`lgan hikoyalar ham o`zbek adabiyotining ma`naviy boyligidir. Yozuvchining ilk hikoyalar to`plami 1932-yilda chop etilgan. Bugungacha bo`lgan davr mobaynida o`zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko`p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e`tirof etilgan bir qancha ijod namunalari o`quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig`irig`ini pisand etmay, hamon sevib o`qiladi.
Adib qahramonlari o`quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg`uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilinamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga o'tirasiz.
Abdulla Qahhor asarlarida ana shunday ohanrabo bor...
«O`tmishdan ertaklar» - o`zbek adabiyotining zabardast vakili bo`lgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o`rin tutadi. Bu asar nafaqat yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o‘tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so`z yuritadi. Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi.
To`plamning ikkinchi qismi bo`lgan hikoyalar ham o`zbek adabiyotining ma`naviy boyligidir. Yozuvchining ilk hikoyalar to`plami 1932-yilda chop etilgan. Bugungacha bo`lgan davr mobaynida o`zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko`p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e`tirof etilgan bir qancha ijod namunalari o`quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig`irig`ini pisand etmay, hamon sevib o`qiladi.
Adib qahramonlari o`quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg`uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilinamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga o'tirasiz.
Abdulla Qahhor asarlarida ana shunday ohanrabo bor...
Muallif: Abdulla Qahhor
Nomi: «O`tmishdan ertaklar»
Nashriyot: «Yoshlar matbuoti»
Sana: 2023 (2019) yil
Hajmi: 400 bet
ISBN: 978-9943-20-235-1
O‘lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: yumshoq
«O'tmishdan ertaklar»
12 000 сўм
- Stock: йўқ
- Код: 2209
- Вазни: 0.27кг
- ISBN: 9789943202351
Сотилган сони: 34
Кўрилган сони: 39589