«Kuchli akademik blogpost yozish uchun 27 qadam»
Har bir kitobning "So'zboshi" qismi bo'ladi. U yerda kitobning tarixi va uning ahamiyatiga urg'u beriladi, kitob yozilishida yordami tekkanlarga minnatdorchilik izhor qilinadi. Bu safar ham ushbu an'anaga sodiq qolib, avvalo kitobni nega yozganim, keyin esa uni nega kitobxon o'qishi lozimligi va oxirida kimlardan juda ham minnatdor ekanligimni aytib o'taman.
Qo'lingizdagi mo'jaz kitobchа yurtimizdagi huquqiy voqealarni ingliz tilida yorituvchi Uzbekistan Law Blog loyihasini yuritish davomida to'plangan "achchiq" va "shirin" tajribalarimga asoslanib yozildi. Ushbu xalqaro blog Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bundan salkam uch yil avval ishga tushdi. Asosiy maqsad huquqshunoslik fakultetlaridagi talabalar va ustozlarimizning blogpostlari orqali yurtimizdagi huquqiy yangiliklarni dunyoga yoritish edi. Loyihа ajoyib natijalarni berdi va shu kungachа biz salkam 80 ga yaqin blogpostlarni chop etdik. Ammo, ko'rdikki, yosh o'zbekistonlik talabalarimiz hali-hamon tartib bilan va mantiqiy ravishda yozishda jiddiy qiyinchiliklarga uchrashar ekan. Bir nechа bor onlayn masterklass tashkil etganimizga qaramay, talabalardagi yozuvga no'noqlik muammosi hal bo'lmagandek ko'rindi. Shuning uchun, qo'lingizdagi risolani butun O'zbekiston yoshlari uchun qalamga olishga qaror qildim.

Muallif: Alisher Umirdinov
Nashriyot: «Yuridik adabiyotlar publish»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 112 bet
ISBN: 978-9910-9895-1-3
O'lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: yumshoq
«Kuchli akademik blogpost yozish uchun 27 qadam»
28 500 сўм
- Stock: Мавжуд
- Код: 4900
- Вазни: 0.11кг
- ISBN: 97899109895130
Сотилган сони: 3
Кўрилган сони: 1797