«Ona tarbiyasi»
(Maktabdan tashqari o'qish. 5-9-sinf uchun)
Mashhur turk yozuvchisi Aziz Nesinning asarlari o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish.
Ushbu kitobdan uning “G‘aroyib bolalar” romani va bir-biridan mazmunli hikoyalari o‘rin olgan.
Roman avval sinfdosh bo‘lgan, keyin biri boshqa shaharga ko‘chib ketgan o‘n yoshli Zaynab va Ahmadning bir-biriga yozishmalari asosiga qurilgan.
Yosh bola nigohi orqali kattalarning nojo‘ya xatti-harakatlari, o‘zaro munosabatlaridagi yolg‘on, munofiqlik, soxtaliklarga qanchalik haqqoniy baho berishi, ich-ichidan ularga qarshi isyon ko‘tarishi hayotiy voqealar asosida ifoda etiladi.
Aziz Nesinning e’tiboringizga havola etilayotgan to‘plamdan o‘rin olgan hajvga, chuqur falsafiy mazmunga yo‘g‘rilgan hikoyalari ham o‘quvchilar tarbiyasiga, dunyo-qarashiga faqat ijobiy ta’sir etishi bilan o‘ziga xos.
Muallif: Aziz Nesin
Nomi: «Ona tarbiyasi»
Nashriyot: «Yangi asr avlodi» nashriyoti
Hajmi: 208 bet
Sana: 2017 yil
ISBN: 978-9943-27-210-8
O'lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: Yumshoq
- Stock: йўқ
- Код: 1547
- Вазни: 0.20кг
- ISBN: 9789943272108