Menu
Your Cart

«Qur'ondan 366 savol-javob»

«Qur'ondan 366 savol-javob»
«Qur'ondan 366 savol-javob»
«Qur'ondan 366 savol-javob»
«Qur'ondan 366 savol-javob»
«Qur'ondan 366 savol-javob»
«Qur'ondan 366 savol-javob»
«Qur'ondan 366 savol-javob»
«Qur'ondan 366 savol-javob»

«Qur'ondan 366 savol-javob»  

lim olishning birinchi bosqichi savol berishdir. Olimlar atrofda ro'y berayotgan voqea-hodisalarni savollar berish orqali kashf qilishadi. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ta'lim berish usullaridan biri ham savol so'rab, javobini oʻzlari izohlashlari bo'lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko'p hollarda sahobalarga biror narsani tushuntirmoqchi yoki ularning e'tiborini qaratmoqchi bo'lsalar o'sha narsa haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun savol berganlar.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni polvon deysizlar?» dedilar. «Hech kim yiqita olmaydigan odam», dedik. «Unday emas. G'azab paytida o'zini tuta oladigan odam», dedilar» («Sunani Abu Dovud»).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muflis kimligini bilasizlarmi?» dedilar. «Bizningcha, muflis - biron dirhami ham, hech bir matohi ham yo'q odam», deyishdi. U zot shunday dedilar: «Ummatimdagi haqiqiy muflis shuki, u Qiyomat kuni namoz, ro'za va zakot bilan keladi, lekin kimnidir so'kkan, kimnidir zinoda ayblagan, kimningdir molini yegan, kimningdir qonini to'kkan, kimnidir urgan bo'ladi. Shuning uchun uning yaxshiliklaridan o'shalarga olib beriladi. Agar zimmasidagilarni ado qilishdan avval yaxshiliklari tugab qolsa, ularning gunohlaridan olinib, bunga ortiladi. So'ngra u do'zaxga otiladi» («Sahihi Muslim»).

Qo'lingizdagi «Qur'ondan 366 savol-javob» kitobi ushbu an'ananing davomi o'laroq Qur'oni Karim oyatlar asosida savol-javob tarzida tuzib chiqildi.

Moulviy al-Hafiz Said Ibrohim al-Buxoriy

Tarjimon: Feruza Samig'ova 
Nashriyot: «Hilol-Nashr»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 209 бет
ISBN: 978-9943-9132-0-2
O'lchami: 60×84 1/8
Muqovasi: yumshoq

O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasining 2022-yil 25 - maydagi 03-07/4155- raqamli xulosasi asosida chop etildi



Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Qur'ondan 366 savol-javob»
86 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 4207
  • Вазни: 0.61кг
Сотилган сони: 198
Кўрилган сони: 21195
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.