Menu
Your Cart

«Muallimi soniy» (Al-muallim)

«Muallimi soniy» (Al-muallim)

«Muallimi soniy» (Al-muallim)

Asrlardan beri oʻrganilib kelinadigan arab alifbosi bugungi kunda ham yuksak ahamiyatga ega. Ayniqsa, mazkur alifboni oʻrganish mustaqillikning ilk yillarida yanada avj oldi. Hozirgi kunimizgacha arab alifbosiga doir koʻplab qoʻllanmalar chop etildi. Shulardan, Ahmad Hodiy Maqsudiy tarafidan tuzilgan «Muallimi soniy» risolasining oʻrni beqiyosdir. Mamlakatimizda ushbu risola asosida koʻplab kitoblar nashr qilindi. Unga qoʻshimcha maʼlumotlar, toʻldirishlar va izohlar berilib, yanada boyitildi.


Qoʻlingizdagi qoʻllanmaning dunyoga kelishida ham, aynan mazkur «Muallimi soniy» kitobi turtki boʻldi. Ushbu risolaga juzʼiy qoʻshimchalar kiritib, uni «Al-Muallim» deb nomladik. Bunday nomni qoʻyishimizdan maqsad, alifboni oʻrgatish mahoratli mutaxassis va yetuk isteʼdod sohiblari, yaʼni muallimlar zimmasiga havola etilganligi bilan bogʻliq.


Zero, Yangi Oʻzbekiston murabbiylarining bu boradagi tajribalari va arab alifbosini oʻrganish yoʻlida jiddu jahd qilgan barcha talabgorlarning intilishlari barchamizga ayondir. Shuni taʼkidlash joizki, ilmiy jamoamiz tomonidan mazkur risolaga oʻzgacha yondashdik, yaʼni kitobga ayrim oʻzgartirishlar kiritgan holda, uning asl holini tiklash asosiy maqsad qilib olindi. Shuning bilan birga, oʻrganilayotgan harfga alohida eʼtibor berilib, ular maxsus kataklar ichida koʻrsatildi 2 harakatlar uchun ham alohida rang berildi. Alifboga doir baʼzi bir qoidalar qisqacha qilib tushuntirildi. Shunigdek, fonetikaga taalluqli qoidalar ham kitob soʻngida muxtasar qilib berilgan.

Oʻrganuvchilarga yanada qiziqarli boʻlishi uchun sanoq sonlar, olmoshlar va hafta kunlari haqida ham maʼlumot berilgan.


Kitob soʻngida esa qoʻshimcha mashqlar yordamida mutolaani yaxshilash achun joy ajratilgan. Risola bilan tanishar ekansiz, uning xalqchil va dolzarb uslubi, dalarning soddaligiga guvoh boʻlasiz. 


Muallif:
Ahmad Hodiy Maqsudiy
Tuzuvchi: Sardorxon Jahongir
Nashriyot: «TURON-ILM-FAN» nomidagi NMIU
Sana: 2023
Hajmi: 104 bet
O'lchami: 60×84 1/8
ISBN: 978-9943-8567-2-1
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Muallimi soniy» (Al-muallim)
29 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: C4492
  • Вазни: 0.28кг
  • ISBN: 9789943856721
Сотилган сони: 10
Кўрилган сони: 6355
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.