«Ikki baxil hamda bir faqir»
Xalq og'zaki ijodi namunalari millatimiz urf-odatlarini, donishmandligi va zukkoligini, qolaversa badihago‘yligini o‘zida aks ettiradi. Shu sabab xalq og‘zaki ijodi — ertak, maqol, matal, naql va aytimlarni ota-bobolarimiz tildan-tilga kо'chirib avlodlarga yetkazadilar. Ular orqali tarixni, madaniyatni о‘rgatadilar, qolaversa, kelajak avlod ongiga millatga xos milliy ruhni singdiradilar. Farzandlarimiz ertaklarni mutolaa qilibr kattalardan tinglab, qahramonlar xatti-harakatlarini kuzatadilar, yaxshilikning doimo yomonlik ustidan g‘alaba qozonishiga guvoh bo‘ladilar, mehr-muhabbat tuyg'usini his qiladilar, odamiylik xislatlaridan saboq oladilar. Ertaklar ayniqsa bolada tafakkur, xayol qilishni, so‘zamollikni, hozir- javoblikni, izzat-hurmat, mehnatni qadrlashni o‘rgatgani tufayli «Ertaklar — yaxshilikka yetaklar» deyiladi.
«Ertaklar sayyorasi» turkumining navbatdagi «O‘zbek xalq ertak- lari» nomli to ‘plamiga xalqimizning qadimiy va mashhur o‘g‘zaki ijod namunalari jamlangan.
Kitob quyi sinf о‘quvchilari, ota-onalar, bog‘cha va maktab muassasalari tarbiyachilariga mo‘ljallangan.
Muallif: O’zbek xalq ertaklari
Nomi: «Ikki baxil hamda bir faqir»
Nashriyot: «DAVR PREES» Nashriyoti
Sana: 2012
Hajmi: 70 bet
ISBN: 978-9943-4071-8-3
O‘lchami: 84×108 1/16
MUNDARIJA
Tuxumboy bilan Buyrakboy
Ikki baxil hamda bir faqir
Qirqquloq
Ilonchi va ajdarho
Odamtoy
Sangi sopol tosh
Shayton bilan Boltaboy
Kuldan topgan o'ymoqcha
Topqir dehqon
Tuhmat
Dono qizlar
Ko'kkina qush
Qo'ng'iz bekach
- Stock: йўқ
- Код: 0162
- Вазни: 0.15кг
- ISBN: 9789943407183