Харид саватчасида 0 маҳсулот(лар) - 0 сўм
  • ЙЎҚ
    Umidimiz yulduzlariga «Odamiylik mulki»ga doir suhbatlar

Umidimiz yulduzlariga «Odamiylik mulki»ga doir suhbatlar

  • 28,000 сўм



                                                                      Umidimiz yulduzlariga  «Odamiylik mulki»ga doir suhbatlar
Yozuvchi Tohir Malikning axloq-odobga doir risolalari kitobxonlarga yaxshi tanish. Uning uch fasldan iborat «Odamiylik mulki» axloq kitobi ko'pchilik diqqatini tortdi. Bu risola asosida tartib berilgan «Kelinlar daftariga», «Kuyov bola, sizga aytar so'zim bor» kitoblari ham nashr etilgan. Adib kitobxonlar, xususan, ota-onalar, maktab, litsey, kollej ustozlarining takliflarini inobatga olib, «Odamiylik mulki» asarini qisqartirib, tahrir qilib, о‘smirlarning talabi ва didiga, qiziqishiga moslagan holda qo'shimchalar kiritib, «Umidimiz yulduzlariga» tarzida nashrga tayyorladi. Kitob garchi o'smir-yoshlarga mo’ljallangan bo’lsa-da, ardoqli ota va onalar, qadrli ustozlarning ham tanishib chiqishlari maqsadga muvofiqdir. Agar suyukli farzandlari ва shogirdlari bilan birga mutolaa qilsalar, fikrlashsalar nur alannurdir.


Muallif: Malik Tohir
Nomi: Umidimiz yulduzlariga «Odamiylik mulki»ga doir suhbatlar
Nashriyot: « Yangi asr avlodi » nashriyoti
Sana: 2015
Hajmi: 736 bet
ISBN: 978-9943-27-384-9

MUNDARIJA

BIRINCHI QISM. SAODAT SAROYINING KALITI
Birinchi bo’lim. Ishq-muhabbat
Ko‘ngil salomatligi
Ikki yo’lning biri
«Hayot toji erur oyog’in gardi»
Bemehr qarindoshdan mehr bilgan yot yaxshi
Do'stlik chamani
Vatan tuyg'usi
Ikkinchi bo’lim. Saodat saroyining kaliti
Baxtiyorlik ichra sen
Insoniylik toji
Ne erur bu jaholat?
Aql va oqil
Donolik amal erur
Nodonligin tan olmas nodon
Yalqovlik mevasi
Uchinchi bo’lim. Tilingni avayla - omondir boshing
Insoniylik gavhari
Salomning xosiyati
Hazilning tagi zil
To‘g‘rilik haqida
«Qarindosh» illatlar
G'iybatning kasofati
Do'zax o'tining tutantirig'i

IKKINCHI QISM. VIJDON UYG'ONUR
Birinchi bo’lim. Kamalakka o'xshagan dunyo
Izzat va sharaf tantanasi
«Nafsim mening balodir...»
Zulmat saltanati
Yomonliklar onasi
Iskandarning vasiyati
Ikkinchi bo’lim. «Ezgulikning mukofoti faqat ezgulikdir»
Eng odil hakam.
Najot poydevori
Yaxshilik nima?
Qalblarning rahmati
Insoniyat bog’ining hosildor daraxti
Zaharli tikan
«U isrof qiluvchilarni sevmas»
...U seni kesadi
Uchinchi bo’lim. Yurakning haqiqiy ko'zgusi
Qimmatbaho gavhar
Vafo guli
Sevgining joni
Mardlik va oliyjanoblik
Shuhrat - ofat
Kamtarga - kamol
Manmanga - zavol

UCHINCHI QISM. KO'NGIL NIMADAN QORAYADI
Birinchi bo’lim. Ko'ngil nimadan qorayadi?
Zulm, zolim va zulmat
Qachonki aql ketsa
Og’ir yuk
Ayovsiz ilon
Halol va harom
Qo'shning yomon bo’lsa
«Uy - fonus, mehmon sham’-u men esam parvonamen...»
Doka ro'mol qachon quriydi?

Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar

 

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
    Ёмон           Яхши
Facebook