Излаш
0
Саватча


Hozirgi kunda «Hilol eBook» va «Tafsiri Hilol» dasturlarimizda ketayotgan aksiyamiz davom etadi. Siz azizlarning fazilatli Ramazon oyidan yana ham unumli foydalanib qolishingizda «Hilol Nashr» nashriyoti ham o'z hissasini qo'shadi. Endilikda dasturlarimizdagi kitob va audio mahsulotlarni bu muborak oyda ham bepul o'qishigiz mumkin. Bu mo'jazgina dasturlarimiz orqali o'zingizga kerakli ma'lumotlar, manfaatlar olsangiz niyatimiz amalga oshgan bo'ladi. Marhamat, ushbu dasturimizdan foydalanib, o'zingiz va oila a'zolaringiz vaqtini mazmunli o'tishini ta'minlang.

«Hilol eBook» dasturidagi elektron va audio kitoblardan bepul foydalanish uchun dasturimizni yuklab oling. Avval ro'yxatdan o'tganlar esa internetga ulangan holda «Do'kon» qismiga o'tsalar kifoya.

▶️Hilol eBook dasturini yuklash

 «Tafsiri Hilol» dasturidan foydalanishda esa dasturni yuklab, ro'yxatdan o'tsangiz kifoya. Oldin ro'yxatdan o'tganlar «Xaridlar» qismiga kiradilar. 

▶️Tafsiri Hilol dasturini yuklash

 Alloh taolo barchamizga yaqinlashayotgan Ramazon oyini muborak qilsin! Ushbu oyning barokatlaridan, savoblaridan hammamizni bahramand qilsin. Butun olamda yuzaga kelib turgan bu sinovli kunlar tez kunlarda tugab, Ramazon oyini har yilgidan ko'ra samarali o'tkazishimizni nasib qilsin.

Карантин даврида 700 га яқин буюртмалар Республика бўйлаб ўз эгаларига етказиб берилди!
Маълумки, «Hilol Nashr» нашриёт-матбаасининг hilolnashr.uz вебсаҳифаси карантин даврида ҳам фаолият юритиб келмоқда. Шу 14 кун ичида Ўзбекистон бўйлаб...
«Олтин силсила» туркумидаги «Саҳиҳул Бухорий» асарининг биринчи жузи қайта нашр этилди!
...
Изоҳ қолдириш