Харид саватчасида 0 маҳсулот(лар) - 0 сўм
  • Tasavvurni boyituvchi ertaklar 1-kitob

Tasavvurni boyituvchi ertaklar 1-kitob

  • 2,000 сўм



Ona ko‘ngli (Tasavvurni boyituvchi ertaklar 1-kitob)

      Kitobdan nafaqat ertaklar, balki turli savol va topshiriqlar joy olgan bo‘lib, kichkintoy bolajonlarimizning tasvvur olamini kengaytirishga, nutqini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda ularni fikrlashga o‘rgatadi.
Mazkur kitob jajji bolajonlarimiz uchun yaxshi sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz.

SO‘Z GAVHARI

      Adabiyot ummoniga sho‘ng‘ib, undan so‘z gavharini termoq uchun chog‘lanmoq - insondan juda katta mahorat va kuch talab etadi. Bolaligidan shu ishga jazm etish esa jasoratdir.
      Irodabonu Avvalboyeva ham o‘quvchilik davridayoq hikoya va ertaklar yozishga kirishgani - uning ismi- jismiga mos irodali va samimiy qiz ekanligidan dalolatdir. U o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalarining bebaho asarlarini o‘qib-o‘rganish bilan bir qatorda o‘zi ham hikoya va ertaklar, maqolalar yozishni sevimli mashg‘uloti deb biladi.
     U qalamga olgan mavzular bilan tanishar ekanman, Irodaning atrofdagi bo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea- hodisalarga befarq emasligiga amin bo‘ldim. Ayniqsa, uning “Tabiatsiz hayot bo‘lmaydi”, “Birovga choh qazisang”, “Ona ko‘ngli”, “Do‘stingni yomon kunda sina”, “Yo‘qolgan tovuq” kabi ertak-hikoyalarini o‘qib, shunga ishonch hosil qilish mumkin.Irodabonuning kelajakda bundanda katta yutuqlarga sazovor bo‘lishiga tilakdoshman.

Sobir О‘nar,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a ’zosi

Muallif: Irodabonu Avvalboyeva
Nomi: Tasavvurni boyituvchi ertaklar 1-kitob
Nashriyot: «Yurist-media» Nashriyoti
Sana: 2015
Hajmi: 32 bet
ISBN: 978-9943-4128-3-5
O‘lchami: 84×108 1/16

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
    Ёмон           Яхши