Харид саватчасида 0 маҳсулот(лар) - 0 сўм
  • ЙЎҚ
    «So'z yodlash sirlari»

«So'z yodlash sirlari»

  • 6,800 сўм



«So'z yodlash sirlari»

   Taqdim etilayotgan kitob ingliz tilini o'rganuvchilarning oldida turgan eng katta muammolardan biri - so'z yodlash sir-sinoatlari to'g'risida yozilgan. Bu kitobni o'qib siz ingliz tilida o'zingiz uchun noma'lum bo'lgan so'zlarni oson, tez va unumli tarzda yodlash hamda ularni uzoqroq muddat esingizda saqlab qolish usullarini o'rganasiz. Kitobda ingliz tilini o'rganuvchilar uchun qiziqarli bo'lgan test savollariga to'g'ri javob berish va ingliz tiliga tarjima qilish kabi masalalar haqida ham so'z boradi.
   Shuningdek, qo'llanmada mualliflarning shaxsiy tajribalari, keng foydalaniladigan usullar, hozirda ommalashayotgan mnemonik texnikalar, hayotiy misollar, test yechishga tatbiqlari, so'zlarni yodlash bo'yicha mashqlar hamda umumiy ravishda chet-tilini o'rganish bo'yicha tavsiyalar o'rin olgan. Kitob nafaqat abiturientlar balkim ingliz tili o'rganuvchilari, o'quvchilar, talabalar va xattoki boshqa chet-tillarini o’rganuvchilar uchun so'z yodlash bo'yicha qo'llanma sifatida ishlatilishi mumkin.
   To'g'ri yo'nalish va qattiq xoxish orqali ingliz tilidagi yangi so'zlarni yodlash endi siz uchun oson kechadi va ushbu kitob bu yo'lda katta foyda beradi degan umiddamiz.
   Sizga omad va zafarlar tilaymiz!

Muallif: Shohruh-Mirzo RAHMANOV va Iskandar SATTIBAEV
Nomi: «So'z yodlash sirlari»
Nashriyot: «Istiqlol Nuri» Nashriyoti
Sana: 2015
Hajmi: 124 bet
ISBN: 978-9943-4524-2-8

MUNDARIJA
Kirish
Kitobdan qanday foydalanish kerak
1-bob. Mnemonika nima o'zi?
2-bob. Mato — mnemonikaning asosiy, fundamental qonuni
3-bob. Makon usuli
4-bob. Yangi tilni o'rganish - so'z boyligini oshirish demakdir
5-bob. Lug'at daftarini tutish san'ati
6-bob. So'zlarni takrorlash orqali xotirada saqlash
7-bob. Turli xil yodlash usullari
8-bob. 36 ta testga moslashgan lug'at yodlash
9-bob. Birdaniga 14 000 ta so'zni o'rganing!
10-bob. Aqliy munosabat (Mental set)
11-bob. Taxmin qilish hissini rivojlantiring
Xulosa o'rnida
Ilova

 

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
    Ёмон           Яхши